Yevropa Superligasi tashkil etish g'oyasiga ergashgan 12 klubning 5 tasi YCHL pley-offida o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 14:17
Qitaning eng mashhur klublari orasida mutlaqo o'zgacha turnir tashkil qilish g'oyasini qo'llab-quvvatlaganlarning ko'pchiligi Yevropaning klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqasida yaxshi natija ko'rsata olishmadi.

Futbol olamida muxlislarga eng ko'p hayajonli onlarni YCHL taqdim etadi, biroq qitaning ayrim klublari kelajak Superligaga tegishli ekaniga barchani ishontirishga urinmoqda. Ushbu mavsumda mazkur g'oyani shakllantirgan asl 12 a'zoning 5 tasi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ishtirok eta olmaydi. 

"Barselona", "Yuventus", "Atletiko", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'z mahalliy ligalarini tark etishga ham ko'z yumib elita ligani tashkil etishga kirishgan edi, biroq ular joriy mavsum YCHLda g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Ularning ayrimlari guruh bosqichidan o'ta olmadi, bazilari esa umuman yo'llanmaga ega chiqa olmadi. Ular o'zlaridan kichikroq, deb hisoblagan klublar tomonidan musobaqadan "uloqtirildi". 

12 ta jamoaning bir qismi bo'lgan "Tottenxem" va "Milan" og'ir ahvolda, ularning taqdiri keyingi haftada ma'lum bo'ladi. Bu UEFAga tegishli musobaqaning eng yuqorida bo'lishini saqlab qoladi va o'zini katta klub, deb hisoblaganlarning aslida kuchli jamoalar emasligini isbotlaydi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star