Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi dekabr oyining ramziy termasini aniqladi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 11:56
Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi (ESM) qita milliy chempionatlarining dekabr oyidagi ramziy terma jamoasini aniqladi.
Ushbu ananaviy so'rovnomada World Soccer (Angliya), Fanatik (Turkiya), Tipsbladet (Daniya), Marca (Ispaniya), ELF Voetbal (Gollandiya), Kicker (Germaniya), A Bola (Portugaliya), De Telegraaf (Gollandiya), So Foot (Fransiya), Sport/Voetbal Magazine (Belgiya), Frankfurter Allgemeine (Germaniya), Nemzeti Sport (Vengriya), "Sport-Ekspress" (Rossiya) kabi yirik nashrlar ishtirok etdi.

Dekabr oyi ramziy terma jamoasi: Kurtua ("Atletiko", 3 ta ovoz); van der Vil ("PSJ", 3), Emer Toprak ("Bayer", 3), Mertesaker ("Arsenal", 5), Alaba ("Bavariya", 4); Riberi ("Bavariya", 7), Yaya Ture ("Manchester Siti", 7), Vidal ("Yuventus", 4); Diego Kosta ("Atletiko", 9), Suares ("Liverpul", 13), Neymar ("Barselona", 5).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru