Yevropa ligasi. Yarim final o'yinlari qachon bo'ladi?

Mirjalol Normatov
12 avg 2020, 02:04
Bugun Yevropa ligasining 1/4 final uchrashuvlari yakuniga etdi.

Unga ko'ra "Bazel"ni mag'lub etgan "Shaxtyor" hamda "Vulverxempton"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Sevilya" Yevropa ligasi yarim finaliga yo'llanma oldi. Shu orqali ushbu jamoalar finalga chiqish yo'lida mos ravishda "Inter" hamda "Manchester Yunayted" to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi.

Ushbu uchrashuvlar 17 hamda 18 avgust tunida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

"Sevilya" - "Manchester Yunayted". 17 avgust 00:00

"Inter" - "Shaxtyor". 18 avgust 00:00

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia