Yevropa ligasi. Murzoev va Salomov jamoasi g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 22:40
Yevropa ligasi 1-saralash bosqichi dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi.
Ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan Qarag'andaning "Shaxtyor" klubi safarda "Shirak" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda Qozog'iston klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. Salomov 79, Murzoev esa 89-daqiqada maydonga tushdi.

E'tiborlisi Qozog'istonning yana ikki klubi birinchi o'yinlarda g'alabaga erishishdi.


"Shirak" Armaniston – "Shaxtyor" Qarag'anda Qozog'iston 1:2 (0:0, 1:2)
3 iyul, 18.00, Gyumri
Gollar:
0:1 – 71 Topchagich,  0:2 – 83 Maliy,  1:2 – 85, penalti Deble.
"Shirak" – Beglaryan, Ovanesyan, Marikyan, Kpodo, Muradyan, Akopyan (Muradyan, 78), Li (Diarrassuba, 67), Aleksanyan, Diop (Barikyan, 46), Deble, Davtyan.
"Shaxtyor" Qarag'anda – Mokin, Simchevich, Kirov, Maslo, Jidich, Pokrivach (Bayjanov, 90), Vichyus, Maliy, Finonchenko, Topchagich (Kamoliddin Murzoev, 89), Konisbaev (Shavkat Salomov, 79).
Ogohlantirishlar: Simchevich (13), Vichyus (57), Marikyan (75), Finonchenko (77).
 
Pyunik Armaniston – Astana-2009 Qozog'iston 1:4 (0:1, 1:3)
3 iyul, 18.00, Armaniston futbol akademiyasi
Gollar:
0:1 – 40 Nuserbaev,  0:2 – 67 Djolchiev,  1:2 – 68 Papikyan,  1:3 – 71 Ketevoama,  1:4 – 84 Kurdov.

Qayrat Qozog'iston – Kukesi Albaniya  1:0 (0:0, 1:0)
3 iyul, 18.00, Markaziy
Gol
: 1:0 – 89 Darabaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia