Yevropa ligasi. “Marsel” va “Red Bull”da g'alaba

20 okt 2017, 00:49
Fransiyaning “Marsel” klubi Yevropa ligasi 3-turi doirasida o'z maydonida Portugaliyaning “Vitorya Gimarayinsh” klubi ustidan irodali g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Rafael Martins mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqishiga qaramay, Lukas Okampos va Maksim Lopesning gollari mezbonlarga qiyin uchrashuvda muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida “Red Bull Zalcburg” safarda Turkiyaning “Konyaspor” klubidan ustun keldi.

Yevropa ligasi.  I guruhi. 3- tur.

Marsel - Vitoriya Gimaraynsh 2:1

Gollar: 0:1 – Martins – 17, 1:1 – Okampos – 28, 2:1 – Lopes – 76


Konyaspor - Red Bull Zalcburg 0:2

Gollar: 0:1 – Gulbrandsen – 5, 0:2 – Dabbur – 80.


 I guruhi turnir jadvali:

1. Red Bull Zalcburg - 7;

2. Marsel - 6;

3. Konyaspor - 3;

4. Vitoriya Gimaraynsh - 1.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia