

Unda barcha g'oliblar aniqlandi va saralashning 4-bosqichiga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.
Unga ko'ra, Yevropa ligasining 4-saralash bosqichiga "Ufa", "Zenit" (Rossiya), "Sigma" (Chexiya), "AEK Larnaka" (Kipr), "Olimpiyca Lyublyana" (Sloveniya), "Leyptsig" (Germaniya), "Kopengagen" (Daniya), CHFR, FK FKSB (Ruminiya), "Middtyulland", "Brondbyu" (Daniya), "Torpedo Kutaisi" (Gruziya), "Molde", "Sarpsborg", "Rosenborg" (Norvegiya), "Sevilya" (Ispaniya), APOEL, "Apollon" (Kipr), "Olimpiakos" (Gretsiya), "Makkabi Tel-Aviv" (Isroil), "Beshiktosh" (Turkiya), "Atalanta" (Italiya), "Bazel" (Shveytsariya), "Dudelanj" (Lyuksemburg), "Ludogorec" (Bolgariya), "Genk", "Gent" (Belgiya), "Reynjers" (Shotlandiya), "Trenchin" (Slovakiya), "Partizan" (Serbiya), "Rapid" (Avstriya), "Bordo" (Fransiya), "Byornli" (Angliya), "Zarya" (Ukraina).



