Yevropa Ligasi. 1/4 va 1/2 finalga qur'a tashlandi, "Barselona" o'z raqibini bilib oldi

Alisher
18 mar 2022, 17:43
Bugun UEFA shtab-kvartirasi bo'lmish Non shahrida Yevropa Ligasining 1/4 va 1/4 final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'ada quyidagi jamoalar ishtirok etdi: "RB Leyptsig", "Atalanta", "Braga", "Reyndjers", "Barselona", "Ayntraxt", Vest Xem", "Lion".

1/4 finalning ilk o'yinlari 7 aprelda, javob bahslari esa 14 aprelda bo'lib o'tadi. Yarim finallar esa 28 aprel va 5 mayda o'tkaziladi.


1/4 final:

"RB Leyptsig" (Germaniya) - "Atalanta" (Italiya)

"Ayntraxt" (Germaniya) - "Barselona" (Ispaniya)

"Vest Xem" (Angliya) - "Lion" (Fransiya)

"Braga" (Portugaliya) - "Reynjers" (Shotlandiya)


1/2 final:

"RB Leyptsig" / "Atalanta" – "Braga" / "Reyndjers"

"Vest Xem" / "Lion" – "Ayntraxt" / "Barselona"


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia