Yevropa ligasi, 1-tur: "Arsenal" va "Milan" bosh sovrin uchun kurashishga tayyormi? (Anons)

14 sen 2017, 18:15
Bugun Yevropa ligasining yangi 2017/2018 yilgi mavsumiga start beriladi.

Bu yilgi mavsumda Yevropa ligasi bosh sovrini uchun Angliyaning "Arsenal", Italiyaning "Milan" jamoalari ham kurash olib borishadi.

Bu jamoalarning Yevropa ligasida ishtirok etishi ushbu turnirga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishi tabiiy. Yangilanayotgan "Milan" hamda uzoq yillardan buyon katta sovrinlarsiz qolib ketayotgan "Arsenal" uchun Yevropa ligasi jiddiy chorlovlar oldidan yaxshigina tramplin vazifasini bajarib berishi mumkin.



O'tgan mavsumda "Manchester Yunayted" bilan shu ishni amalga oshirgan Joze Mourinyu Yevropa ligasi sovrini orqali MYUga yana avvalgi g'oliblik ruhini qaytardi. "Arsenal" va "Milan"ga ham aynan avvalgidek g'oliblik ruhi harakter zarur.



Yevropa ligasida 12ta guruhda jami 48 jamoa ishtirok etadi.

Hamyurtimiz to'p tepadigan Vitaliy Denisovning "Lokomotiv" jamoasi "F" guruhidan o'rin olgan. Bugun "Lokomotiv" jamoasi "Kopengagen"da mehmon bo'ladi.

Bugun musobaqaning 1-turidan o'rin olgan barcha 24 uchrashuv o'tkaziladi.



Yevropa ligasi, 1-tur.

"A" guruhi
"Slavia" - "Makkabi TA" (22:00)
"Vilyarreal" - "Astana" (22:00)

"B" guruhi
"Dinamo Kiev" - "Skenderbeu" (22:00)
"Yang Boyz" - "Partizan" (22:00)

"C" guruhi
"Xoffenxaym" - "Braga" (22:00)
"Istanbul" - "Ludogorec" (22:00)

"D" guruhi
"Austria" - "Milan" (22:00)
"Rieka" - "AEK" (22:00)

"E" guruhi
"Apollon" - "Lion" (22:00)
"Atalanta" - "Everton" (22:00)

"F" guruhi
"Kopengagen" - "Lokomotiv" (22:00)
"Zlin" - "Sheriff" (22:00)

"G" guruhi
"FKSB" - "Viktoria Plzen" (00:05)
"Xapoel" - "Lugano" (00:05)

"H" guruhi
"Arsenal" - "Kyoln" (00:05)
"Crvena Zvezda" - "BATE" (00:05)

"I" guruhi
"Marsel" - "Konyaspor" (00:05)
"Vitoria de Gumaresh" - "Zalcburg" (00:05)

"J" guruhi
"Gerta" - "Atletik" (00:05)
"Zarya" - "Ostersunds" (00:05)

"K" guruhi
"Vitesse" - "Lacio" (00:05)
"Zulte-Varegem" - "Nicca" (00:05)

"L" guruhi
"Skope" - "Zenit" (00:05)
"Real Sosedad" - "Rosenborg" (00:05)

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia