Evro-2020 saralashi. Italiya termasining bo'lajak bahslar uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum

Eldor Akmurzayev
5 okt 2019, 00:35
Roberto Manchini Italiya terma jamoasining Evro-2020 saralashi doirasidagi Gretsiya (12 oktyabr) hamda Lixtenshteynga (15 oktyabr) qarshi uchrashuvlarlardan oldingi yig'inga chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi.

Darvozabonlar – Janluiji Donnarumma (Milan), Perluiji Gollini (Atalanta), Aleks Meret (Napoli), Salvatore Sirigu (Torino).

Himoyachilar  Franchesko Acherbi (Lacio), Kristiano Biragi, Danilo DʼAmbrozio (ikkalasi - Inter), Leonardo Bonuchchi (Yuventus), Jovanni Di Lorenco (Napoli), Alessandro Florenci, Janluka Manchini, Leonardo Spinaccola (barchasi - Roma), Armando Icco (Torino), Alessio Romanoli (Milan).

Yarim himoyachilar – Nikolo Barella, Stefano Sensi (ikkalasi - Inter), Federiko Bernardeski (Yuventus), Brian Kristante, Nikolo Dzanolo (ikkalasi - Roma), Jorjino (Chelsi), Marko Verratti (PSJ).

Hujumchilar – Andrea Belotti (Torino), Federiko Keza (Fiorentina), Stefan El-Shaaravi (Shanxay Shenxua), Vinchenco Grifo (Frayburg), Chiro Immobile (Lacio), Lorenco Insine (Napoli).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Vivo_Azzurro