Evro-2016 finalida gol urgan futbolchi Vitaliy Denisov bilan birga o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2017, 15:08
Portugaliyalik hujumchi Eder Moskvaning Lokomotiv klubiga ko'chib o'tdi.

Futbolchi mavsum oxiriga qadar ijaraga olindi. Hujumchi Moskva klubida 24-raqamda o'ynaydi. Kelishuv Rim shahrida imzolandi, Eder shu shaharda tibbiy ko'rikdan o'tdi. Eslatib o'tamiz, Eder Evro-2016 finalida Portugaliya safida yagona golni urgandi.

O'tgan mavsumda 29 yoshli Eder oldingi klubi safida 37ta o'yin o'tkazib 6ta gol urgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fclm.ru