“Everton”ni boshqarishga nomzod ikki mutaxassis nomi ma'lum. Vaqtincha murabbiy kim bo'lishi ham aniq

Eldor Akmurzayev
24 yanv 2023, 09:35
“Everton” Frenk Lempardni iste'foga chiqargani haqida xabar berilgandi.

Uning o'rnini Marselo Belsa yoki Shon Daych egallashi kutilmoqda.

Belsa oldinroq “Lids Yunayted”da ishlagan va 16 yillik tanaffusdan keyin jamoani APLga qaytargandi. U 2022 yil fevralida qatorasiga ikki yirik (“Liverpul” – 0:6, “Tottenxem” – 0:4) mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilgandi.

Daychning oxirgi ish joyi esa “Byornli” bo'lgan, jamoa hozirda Chempionshipda qatnashmoqda. U 10 yil davomida mazkur klubda ishladi va u ham 2022 yil fevralida iste'foga chiqarildi. Uning qo'l ostida “Byornli” 2 bor APLga qaytgan, shuningdek, o'z tarixidagi eng yaxshi natija – 7-o'rinni egallab, Yevropa Ligasida ishtirok etgandi.

“Everton”ni vaqtincha U-21 jamoasi ustozi Pol Teyt hamda U-18 jamoasi ustozi Leyton Beyns birgalikda boshqarishadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: talkSPORT