

"Football Insider" xabariga ko'ra, "Everton" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Danielning "bo'rilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt ekspertlari uning qiymatini 20 million evroga baholamoqda.
Podense joriy mavsum barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Hujumchi 2020 yildan beri Angliya jamoasi ranglarini himoya qilib kelmoqda.



