"Everton" sport direktori: "Donnini zaxirada qolib ketishini istamagandik"

Mirjalol Normatov
5 okt 2021, 12:28
"Everton" sport direktori Marsel Brands klub "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bekni tarkibiga qo'shib olishni istaganini ma'lum qildi.

"U bizning yonginamizda turgandi. Yozgi transferlar oynasi ochilganida biz "Yunayted"ga so'rov yubordik. Ishlar yaxshi ketayotgandi. Keyinchalik "Yunayted" ishlarni yakunlashni istamadi.

Transferlar oynasi yopilishiga oz vaqt qolganida uning agenti telefon qilib, Donnini ijaraga olish mumkinligini ma'lum qildi. Bu borada ham ishladik. Biroq buni yakunlash uchun vaqt yetmadi.

Oktyabr endi boshlandi. Jarohatlar ko'payadi. Ustiga ustak "Yunayted" ko'plab frontlarda kurash olib bormoqda. Endi transferni amalga oshirish qiyin bo'lsa kerak.

Albatta, Donnining omadi kelmayapti. Uning zaxirada qolib ketishini istamagandik. U ham terma tarkibida o'ynashni istamoqda. Biroq bunday klublarda bosim, raqobat juda yuqori. O'tgan hafta xatto Ronaldu, Sancho va Pogba kabi futbolchilar zaxirada qolib ketdi", - dedi Brands.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal