"Everton" rossiyalik yarim himoyachiga qiziqmoqda

Alisher
30 okt 2021, 18:50
"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli xavbek uchun "Everton" klubi da'vogarlik qilmoqda.

"APL klubi jiddiy tarzda rossiyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Hali barchasi dastlabki bosqichda", - deyiladi manba xabarida.

"Monako" 2018 yilning yozida Golovin uchun SSKAga taxminan 30 mln evro to'lagan va 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgandi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com