"Everton" MYU Lukaku uchun 90 mln. evro to'lashini kutmoqda

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2017, 19:43
"Everton" o'z hujumchisi Romelu Lukaku transfer narxini oshirdi.

Oldinroq Liverpul shahri klubi belgiyalikni "Manchester Yunayted"ga 75 mln. evro evaziga sotishga rozi bo'lgani e'lon qilingan edi. Biroq ular 7 iyul kuni narxni ko'tarishdi.

"Everton" rahbariyati "Manchester Yunayted" futbolchi uchun 90 mln. funt to'lashini kutmoqda. Romelu Lukaku hozircha Los-Anjelesda dam olmoqda va Pol Pogba bilan shug'ullanyapti.

"Everton" esa mankunianlar forvardi Ueyn Runiga qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports