"Everton" "Lill" yarim himoyachisi Onanani xarid qilganini e'lon qildi

Alisher
9 avg 2022, 17:41
"Everton" xavbek Amadu Onananing transferini e'lon qildi.

20 yoshli "Lill" sobiq o'yinchisi klub bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Belgiyalik 2021 yilning avgustidan beri "Lill"da o'ynayotgandi. Futbolchi o'tgan mavsum jamoa tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: evertonfc.com