"Everton" "Lill" o'yinchisi uchun 30 million evro tayyorlab qo'ydi

Alisher
17 apr 2020, 13:42
"Lill" himoyachisi Gabriel tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

O'yinchining xizmatlariga "Everton" qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi transfer uchun 30 million funt to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Gabriel uchun PSJ, "Chelsi" va "Arsenal" klublari ham raqobat olib bormoqda.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com