Eto'O: "Kamerun va Qatar 2022 yilgi Jahon chempionati finalida o'ynashini istayman"

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2021, 21:22
Kamerun terma jamoasining sobiq futbolchisi, 2022 yilgi Jahon chempionatining Qatardagi elchisi Samyuel Eto'O Jahon chempionatidan kutganlari haqida gapirib berdi.

"Bu barcha zamonlarning eng yaxshi jahon chempionati bo'lishiga shubham yo'q. Menda bitta o'zgacha istak bor - Kamerun va Qatar bahsini finalda ko'rish. Barchani Qatarga taklif qilishdan mamnunman. Bu yerda juda ko'p narsalarni guvohi bo'lish mumkin va umid qilamanki, muxlislar guruh bosqichida har kuni ikki uchrashuvga tashrif buyurish imkoniyatini boy bermaydi.

Bu shunchalik noyob voqea bo'ladiki, bu haqda keyinchalik nevaralaringizga aytib berishingiz mumkin. Albatta, agar bu taassurotlarni o'zingiz bilan olib ketmasangiz. Dohada juda ko'p chiroyli joylar mavjud. Muxlislar maroqli vaqt o'tkazib, futboldan zavq olishlari mumkin. Dekabr oyida Qatarda ob-havo juda yaxshi, taxminan 20 daraja bo'ladi, shuning uchun bu nafaqat futbolchilar, balki Qatarga kelgan barcha uchun ideal sharoit bo'ladi", - dedi Eto'O.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fifa.com