Eto’O JCH ishtirokchilari soni 48 taga ko'payishi g'oyasini qo'lladi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2016, 18:14
"Antalyaspor" hujumchisi Samuel Eto’O jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 taga oshirilishini qo'llab-quvvatladi.

Infantino JCH-2026da ishtirok etuvchi jamoalar soni 32 tadan 48 taga yetishini istayapti.

"Jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 taga yetishi, mening jamoamga o'xshagan bechora mamlakatlarga turnir uchun kurashishga yordam beradi. Biz doimo bu g'oyani qo'llab-quvvatlaymiz va Infantinoga minnatdorchilik bildiramiz" - deydi Eto’O.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca