ESPN "Real Madrid"da Xabi Alonso o'rnini egallashi mumkin bo'lgan asosiy nomzodni e'lon qildi

Khoja
26 dek 2025, 08:55
ESPN xabariga ko'ra, "Real Madrid" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Real Madrid"da Xabi Alonso o'rnini egallash uchun asosiy nomzod.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi kadrlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun qishki transfer bozoriga kirishni ko'rib chiqayotgan edi, ammo keyichalik rahbariyat ushbu qarordan voz kechgan.

Alonsoning taqdiri Ispaniya Superkubogidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda hal bo'ladi.

"Real Madrid" hozirda Ispaniya chempionati jadvalida 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi va yetakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.

"Real Madrid" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko Madrid" bilan to'qnash keladi. O'yin 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: ESPN