ESPN: Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'ladi

Mirjalol Normatov
6 apr 2022, 22:13
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsum oldidan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanadi.

"ESPN" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati bir qator nomzodlar orasida aynan niderlandiyalik mutaxassisni tanlagan. 2007-2013 yillar davomida ser Aleks murabbiylar shtabida ishlagan Rene Melensten esa ten Xagning yordamchisi sifatida ishlaydi.

Qayd etish kerak, Erik ten Xag 2017 yildan buyon "Ayaks" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia