Eshitdik-da! O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqqani uchun mukofot pullarini hali olmagan

Iskandarov Abdulaziz
15 iyul 2022, 19:15
Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi joriy yil 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Quvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, futzal terma jamoamiz a'zolari musobaqaning final bosqichiga chiqqanliklari uchun hali hamon mukofot pullarini olishmagan. 

Shu yil 10-12 aprel sanasida Bishkekda o'tgan saralash bahslarida guruhda ilk turda Nepalni (5:1), ikkinchi turda Afg'onistonni (5:1), so'nggi bahsda Tojikistonni (5:2) taslim qilgan Bahodir Ahmedov shogirdlari 3ta o'yinda 100 foizli natijaga erishgandi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, O'FA tomonidan keyingi bosqichga yo'llanma uchun har bir futzalchiga 10 million so'mdan mukofot pulini vada qilgan. Biroq keyinchalik ushbu miqdor 5 million so'mdan berilishi aytilgan. Afsuski, oradan 4 oy o'tdi hamki pul mablag'lari futzalchilarga berilmagan.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy va U-23 terma jamoalari o'zlari ishtirok etgan turnirdagi muvaffaqiyatli natija uchun darhol mukofot pullarini olishdi. Ammo nima uchundir futzalchilarga kelganda O'FA buni cho'zib kelmoqda. Vaholanki, O'zbekiston futzal terma jamoasi so'nggi Jahon chempionatida guruhdan chiqqan, Osiyo "yo'lbarslari" hisoblangan Eron bilan tengma-teng kurash olib borgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia