Eshitdik-da! O'FA "Oltin to'p" sohibi bilan muzokaralar o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
25 sen 2025
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi "Oltin to'p"ning 2006 yilgi sohibi Fabio Kannavaro bilan muzokaralar o'tkazish uchun Italiyada bo'ldi.

Yaqin o'tmishning mashhur himoyachisi, murabbiy sifatida BAA, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarida ishlagan, shuningdek, Xitoy terma jamoasi, "Benevento",  "Udineze" va "Dinamo" Zagreb jamoalarida bosh murabbiy bo'lgan Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga qaraganda, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Italiya terma jamoasi afsonasi bilan aynan uning yurtida muzokaralar olib borgan. 

Eslatib o'tamiz, 52 yoshli Kannavaro o'tgan oy O'zbekistonda mehmon bo'lib, futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchrashuviga kelgan va o'zbekistonlik afsonalar bilan o'yinda maydonga tushgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia