Eshitdik-da! O'FA Kapadzeni bosh murabbiy etib tayinladi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasida Vadim Abramovga yordam berib kelayotgan Timur Kapadze endi mustaqil ishlaydi.

Eshitishimizga qaraganda Timur Kapadze O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bunga qadar mazkur jamoani Otabek G'ulomxo'jaev boshqarib kelayotgandi.

Noyabr oyi boshida Saudiya Arabistonida o'tgan Osiyo chempionati saralashida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rinni egallagandi. 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionati O'zbekistonda bo'lib o'tadi, endi mazkur musobaqada jamoani Kapadze tayyorlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia