Eshitdik-da! "Navbahor" Kozakka qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022, 18:53
Namangan klubi yarim himoyachi Vladimir Kozakni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, Samvel Babayan qo'l ostidagi "Navbahor" klubi 29 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Hozirda erkin agent hisoblangan Kozak faoliyati mobaynida "Paxtakor" hamda AGMKda to'p tepgan. 

2 karra O'zbekiston chempioniga yil boshida "Turon" va "Qo'qon-1912" tomonidan qiziqish bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia