Vladimir Kozak "Qo'qon-1912"da

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2022, 21:17
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912"  jamoasi navbatdagi yig'inni Toshkentda olib bormoqda.

"Shunqorlar"ning bugungi mashg'ulotida yangi nomlardan Sanat Shixov, Dilshod Rahmatullaev, Sobit Sindarov bilan bir qatorda, Vladimir Kozak ham ishtirok etdi.

Avvalroq saytimiz orqali futbolchiga "Turon" qiziqayotgani, keyichalik esa bu jamoaga o'tmasligi haqida ma'lum qilgan edik.

Vladimir Kozak "Turon"ga o'tmaydigan bo'ldi

Himoyachi o'tgan mavsumni AGMK va "Paxtakor" jamoalarida o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia