Eshitdik-da! Katanets Iskanderovni nima uchun bo'lajak yig'inga chaqirmagani ma'lum

Narzulla Saydullayev
19 sen 2022, 15:43
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida Janubiy Koreyada ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak yig'iniga futbolga aloqasi bo'lmagan sabab bilan chaqirilmagan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Iskanderovning Janubiy Koreya mamlakatiga kirishda muammo bor. Aynan qanday muammo ekani ma'lum emas. Katanetsning kengaytirilgan ro'yxatida Jamshid bo'lgan va uni Koreyaga olib ketmoqchi bo'lgan ekan.

Ma'lumot uchun, 2020-2022 yillarda Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyada faoliyat olib borgan.

Futbolchi bilan bog'langanimizda "Bu borada hech narsa deya olmayman. Hammasi shunday qolgani maqul", - deya javob berdi.

O'FA rasmiylaridan ham bu borada aniq javob ololmadik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia