Eshitdik-da! Ismoilov 8 million, Otaxonov va Asqaraliev 7 milliondan jarima to'laydi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2015, 14:48
Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Neftchi" uchrashuvida sodir bo'lgan vaziyat bo'yicha qaror qabul qilindi.
Eshitishimizga ko'ra "Neftchi" ustozi Murod Ismoilov o'sha vaziyat uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 8 million so'm miqdorida jarimaga tortildi.

"Andijon" futbolchilari Ibrohim Otaxonov va Sanjar Asqaraliev esa 5tadan o'yinga diskvalifikaciya qilinishdi va har biri 7 million so'mdan jarima to'lashadi.

O'sha o'yinda Ibrohim Otaxonov va Sanjar Asqaraliev Murod Ismoilov bilan janjallashib ketishgandi. Ularning aytishicha murabbiy ularni o'yin vaqtida so'kib haqorat qilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia