Eshitdik-da! "Bunyodkor"ning ikki futbolchisi "So'g'diyona"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2023, 17:39
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ikkinchi davradan oldin o'z safini kuchaytirishga intilmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Bunyodkor" yarim himoyachilari Muhammad Safo Fozilov va Abdulloh Omonaliev ikkinchi davrani "So'g'diyona" safida boshlashadi.

Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'tgan yil "Bunyodkor"da bu futbolchilar bilan birga ishlagan.

Fozilov bu mavsum Superligada 3ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi. Omonaliev esa Superligada maydonga tushmadi, U-21 chempionatida 6ta uchrashuvda ishtirok etdi.


Abdulloh Omonaliev


Muhammad Safo Fozilov (25-raqam)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia