Eshitdik-da! "Bunyodkor" OCHL pley-offida Aziz Haydarov klubiga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2015, 15:41
Toshkentning "Bunyodkor" klubi 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasini pley-off bosqichidan boshlaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaldirg'ochlar" yagona pley-off uchrashuvini BAAning "Al Shabab" klubiga qarshi o'tkazishadi. Ushbu klub safida o'zbekistonlik Azizbek Haydarov faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilgi pley-offda "Bunyodkor" BAAning "Al Jazira" klubiga qarshi o'ynagan va 2:1 hisobida zafar quchgandi.

2016 yilgi mavsumda O'zbekistonning uchta klubi "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" guruh bosqichidan boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia