Eshitdik-da! "Andijon"ga yosh legioner hujumchi kelmoqda

Tolibjon Qosimov
20 dek 2023
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Andijon" jamoasiga belaruslik yosh hujumchi Vladislav Lojkin kelmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralar olib borishgan, 21 yoshli hujumchi katta ehtimol bilan yangi mavsumni "Andijon"da boshlaydi.

2002 yilda tug'ilgan Vladislav Lojkin 2023 yilgi mavsum Qozog'istonning "Turan" jamoasi tarkibida 26ta o'yinda 20ta gol urgan va 11ta assist bergan (Qozog'iston 1-ligasida). Uning "Turan" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni o'z yakuniga etadi.


"Transfermarkt" portali uning narxini 400 ming evro deb belgilagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia