

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "burgutlar" transfer oynasining so'nggi kunida albaniyalik hujumchi Rubin Xebay bilan shartnoma tuzadi. 1998 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyati davomida "Vlazniya" (Albaniya), "Domjale" (Sloveniya), "Partizani" (Albaniya), "Vorskla" (Ukraina), "Shkendiya" (Makedoniya) va "Teuta" (Albaniya) klublari sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, bugun "Andijon" klubining telegramdagi sahifasida Tirana aeroportidan uchib ketayotgan insonning videosi chiqqan edi. Tirana Albaniya poytaxti hisoblanadi.




