Eshitdik-da! Alisher Salimov "So'g'diyona"ni tark etdi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2023
Himoyachi hozirda takliflarni ko'rib chiqmoqda.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, "So'g'diyona" himoyachisi Alisher Salimov klubni tark etgan va hozirda boshqa jamoalarning takliflarini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum jizzaxliklar tarkibida jami 26 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Avvalroq "So'g'diyona" Abror Ismoilov va Sardor Sobirxo'jaevga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia