

Gap, Ergash Ismoilov haqida ketmoqda. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli chap qanot himoyachisi AGMK jamoasidan tushgan taklifni qabul qildi.
Ma'lumot uchun, Ismoilov 2020 yilgi O'zbekiston Superligasida 21ta o'yinda (1675 daqiqa) ishtirok etdi. Endilikda u Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa tarkibida xalqaro musobaqada ham ishtirok etish imkoniyatiga ega.




