Ertaga U-23 Osiyo chempionatiga qur'a tashlanadi

Xayrulla Xoliqov
23 okt 2017, 14:50
2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada 16ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Ertaga mazkur musobaqa uchun qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Hozirda ishtirokchi jamoalar to'rttadan to'rtta savatchaga bo'lib chiqilgan.

Amaldagi chempion Yaponiya va 2013 yilgi musobaqa g'olibi Iroq birinchi savatchadan joy olgan. Shuningdek, Xitoy ham musobaqa mezboni sifatida avtomatik ravishda birinchi savatchaga qo'yildi. 

O'zbekiston U-23 terma jamoasi esa 3-savatchadan o'rin egalladi. Xabaringiz bor, bu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa ishtirok etadi. Navbatdagi Osiyo chempionatida Malayziya bilan Falastin ilk bor qatnashishadi. Ertangi qur'a marosimida guruhlar, o'yinlar taqvimi to'liq ma'lum bo'ladi. 

Quyida savatchalarni keltirib o'tamiz: 

1-savatcha - Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq

2-savatcha - Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya

3-savatcha - O'zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand

4-savatcha - Vetnam, Ummon, Falastin, Malayziya


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com