Errera Meksika terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi

Aziz Tukhtamuradov
12 iyul 2014, 16:44
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Errera yangi shartnoma imzolaydi.

Hozircha, shartnoma imzolangani yo'q. Lekin, Meksika FF prezidentining aytishicha, tomonlar hamkorlikni davom ettirishga tayyorlar.

"Errera bilan shartnomani uzaytirishimizga ishonaman. U bilan hamkorlik Rossiyadagi JCHgacha uzaytiriladi.

U terma jamoada ajoyib ish olib bordi. Qisqa vaqt ichida jamoani birlashtira oldi. U tatildan qaytganidan so'ng muzokaralarni boshlaymiz", - deydi Meksika futbol federatsiyasi prezidenti Xustino Kompean.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru