Eronlik futbolchi spirtli ichimliklar haqidagi video tufayli jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirildi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025, 19:03
"Istiqlol" himoyachisi Armin Soxrabyan internetda uning bir stakan spirtli ichimlik ushlagani aks etgan video paydo bo'lganidan so'ng vaqtincha jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirildi, deb xabar berdi "Fars News Agency".

Rolik Eron rasmiylarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi, chunki mamlakatda spirtli ichimliklar istemol qilish qatiyan taqiqlangan. Ish "Istiqlol" intizom qo'mitasiga yuborilgan. Soxrabyan o'rganish natijalariga qadar jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirilgan.

30 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda uzr so'radi va video bir necha yil oldin suratga olinganini, dushmanlar tomonidan tarmoqqa sizdirilganini ma'lum qildi.

Soxrabyan shu yilning yanvar oyida "Istiqlol"ga qo'shilgan. U ilgari jamoada 2017 yildan 2019 yilgacha va yana 2023/24 yilgi mavsumida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fars News Agency