

Agar biz g'alaba qozonsak, Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish uchun yana bir imkoniyatga ega bo'lamiz. Mabodo Eron zafar quchsa ular saralash o'yinlari tugashiga ikki tur qolganda masalani hal etishadi.
Bugun Samvel Babayan Tailandga qarshi o'rtoqlik hamda Eronga qarshi rasmiy o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi. Kengaytirilgan ro'yxatdan 28 nafar futbolchi joy olgan. 30-31 may kunlari O'zbekiston Kubogi doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tishini inobatga olsak katta ehtimol bilan futbolchilar 1 iyundan e'tiboran yig'ila boshlaydilar.
Eron terma jamoasi esa Avstriyada yig'in boshladi. Ular 4 iyun kuni Chernogoriya termasi bilan o'rtoqlik o'ynaydilar. Biz esa 6 iyunda Tailand bilan kuch sinashib ko'ramiz. Eron o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib bo'lgach, Tehronga qaytadi. Va shundan so'ng 12 iyun kun bo'ladigan hal qiluvchi o'yinga tayyorgarlikni o'zida davom ettiradi.




