Janubiy Koreya Futbol Uyushmasi mamlakat milliy terma jamoasining 12 oktyabr kuni Braziliyaga qarshi kechadigan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi uchun FIFA referisi Ravshan Ermatovni tayinlanishini so'rab O'FFga rasmiy xat bilan murojaat qildi. O'z navbatida, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Janubiy Koreya Futbol Uyushmasining mazkur murojaatini qondirdi va Ravshan Ermatov 12 oktyabr kuni Janubiy Koreya hamda Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlaydi.
12 oktyabr kuni Seuldagi World Cup Stadium stadionida o'tkaziladigan uchrashuvda Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov hamda Bahodir Qo'chqorovlar yordam berishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.