

"Men uchun "Spartak" - SSKA uchrashuvida ishlash uchun taklif ma'lumoti - kutilmagan hol. Hozircha Rossiya futbol ittifoqidan hech kim bu borada men bilan bog'langani yo'q. O'yin qachon bo'ladi, 29 oktyabr? Bu kuni O'zbekiston chempionatida tur uchrashuvlari bo'lishi aniq. Ammo agar rasmiy taklif tushsa, Moskvadagi uchrashuvda ishlashga tayyorman. Bu darajadagi o'yin - har bir hakam uchun yaxshi tajriba" - deydi Ravshan Ermatov.



