Erling Xoland qoyilmaqom natija ko'rsatmoqda

Administrator
18 okt 2025
Ushbu mavsumdagi gollari soni bo'yicha futbolchi super natija qayd etmoqda.

Erling Holand bu mavsumda 23 ta gol kiritdi. "Manchester Siti" hujumchisi APL 8-turida "Everton"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

Norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda 13-o'yinini o'tkazmoqda. Uning hisobida "Manchester Siti" safida 14 ta, milliy terma jamoa safida esa 9 ta gol mavjud. 

Bundan tashqari, norvegiyalik futbolchi so'nggi bor 23 avgust kuni maydonni golsiz tark etgandi. U "Siti" va milliy terma jamoadagi keyingi 11 o'yinning har birida kamida bitta gol urib kelmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: OptaSports