

Uchrashuvda dublga erishgan Erling Xoland musobaqadagi gollari sonini 20 taga etkazib, otasi Alf-Ingedan o'tib ketdi. Alf-Inge Xoland (himoya va yarim himoya poziciyalarida o'ynagan) APLda 181 bahsda qatnashib, 18 ta to'p kiritgan. U Angliyada “Manchester Siti”, “Lids” hamda “Nottingem Forest” sharafini himoya qilgan.
Kichik Xoland esa 20 ta gol urishi uchun 14 ta bahsda qatnashishi kifoya qildi.



