"Eriksenning ishini yaqin muddat ichida yopamiz"

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 17:29
"Inter" sport direktori Beppe Marotta "Tottenxem" futbolchisi Kristian Eriksenning transferi borasidagi gaplarni matbuotga e'lon qildi.

"Buni yashirishni istamayman. Barchangiz buni bilib turibsizlar. O'tgan bir necha hafta davomida "Tottenxem" bilan muzokaralar olib bordik. Eriksenning shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Shu boisdan uning taqdirini 6 oydan keyin hal qilmoqchi emasmiz.

Juma kuni transferlar oynasi yopiladi. Shu boisdan transfer ishlarini yaqin muddat ichida tugatishga harakat qilamiz", - dedi Marotta.

Oldinroq Eriksen "Inter"da yiliga 10 mln evro maosh olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DAZN