Erik Xamren: Italiyaga qarshi o'yinda juda yaxshi himoyalandik

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2016, 22:12
Shvetsiya ustozi Erik Xamren Italiyaga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan (0:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv oxirida konsentratsiyani yo'qtdik, ammo umuman olganda Italiyaga qarshi juda yaxshi himoyalana oldik. Oxirgi 20 daqiqada raqibni u qadar yaxshi ushlay olmadik va hujum qila olmadik. Ibragimovichda vaziyat bo'lgandi, ammo kam hujum qildik. Raqib himoyachi juda kuchli, Belgiya ham ularga gol ura olmagandi.

Belgiyaga qarshi o'yinda bugungidek himoyalanishimiz kerak, hujumda esa o'yinimizni yaxshilashimiz shart, – deydi Xamren.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net