Erik ten Xag: "De Xea so'nggi yillarda "Yunayted"ning muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo'shgan inson"

Mirjalol Normatov
22 iyul 2023, 19:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag 12 mavsumlik faoliyatidan keyin jamoadan ketgan David de Xea haqida gapirdi.

"So'nggi yillar davomida David "Yunayted"ning natijalariga va muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo'shgan inson. Uning quruq o'yinlari sonining ko'pligi ham bizning himoyaviy o'yinimizga anchagina yaxshi ta’sir qilgan.

Biroq istalgan futbolchida o'zgarishlar davri keladi. Bu barchaning nuqtayi nazariga ko'ra, to'g'ri qaror bo'ldi. Uning "Manchester Yunayted" uchun qilgan ishlari aqlbovar qilmas darajada. U umrining qolgan qismida ham klubning afsonasi bo'lib qoladi. Uni munosib ravishda kuzatib yuborishimiz kerak", - dedi Erik ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com