Enrike: "Montoyyani bilaman, u o'zining "Barselona"dagi holatini o'zgartira oladi"

Aslanov Jasurbek
17 dek 2014, 12:17
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Ueska"ga qarshi Ispaniya Kubogining 1/16 finali uchrashuvida asosiy tarkibda Martin Montoyyani maydonga tushurganligi sababi haqida so'zlab berdi.

Ko'k-anorranglilar raqibni 8:1 hisobida mag'lub etdi. Montoyya uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi.

"Men Montoyyaga uchrashuvda to'liq o'ynash uchun imkoniyat berdim, chunki uning mashg'ulotlardagi harakatlari va xususiyatlariga ko'p e'tibor beraman. Bu futbolchini bilaman. Montoyya bu holatni o'zgartira oladi. Martinda imkoniyat paydo bo'ldi va u bundan unumli foydalana oldi. Menda tanlov imkoniyati bo'lishi juda muhim" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com