Enrike chempionlik haqida: "Liga 1da hali hech nima ma'lum emas"

Omonjon To`xtamirzayev
19 dek 2024, 11:44
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike chempionat doirasida "Monako"ga qarshi bahsdan keyin (4:2) joriy mavsum klubning chempionlik bo'yicha imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Bu g'alaba orqali biz chempionlikni naqd qildik, desa bo'ladimi? Yo'q. Liga 1da hali hech nima ma'lum emas. Besh kun avval biz bor yo'g'i 5 ochkolik farq bilan oldinda edik", - dedi Luis Enrike.

Ta'kidlab o'tamiz, Fransiya chempionatida 16 o'yinda 40 ochko bilan PSJ yetakchi, 1 ta kam uchrashuv o'tkazgan "Marsel" va o'yinlari soni teng "Monako" hisobida 30 ochkodan bor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: lequipe.fr