"Eng tez liga". Shomurodov "Krasnodar" tarbiyalanuvchisiga yutqazib qo'ydi

Alisher
31 mar 2020, 11:07
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.

Kecha kunning markaziy o'yinida "Rostov" (Eldor Shomurodov) "Krasnodar" (Aleksandr Ageev)ni qabul qildi. Afsuski, 67-daqiqada Arining urgan goli mehmonlarga virtual g'alabani taqdim etdi (0:1).

"Eng tez liga"da ikki xil jadval bo'ladi: birinchisi - chempionat, ikkinchisi esa 8ta o'yinlik alohida jadval.  



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru