

Yevropadagi klublar va terma jamoalar miqiyosidagi barcha xalqaro musobaqalar g'oliblari endi maydonda kubokni qabul qilib olishadi. Maxsus sahnalar 5 daqiqada maydonga o'rnatiladi.
Maydon futbolchilar uchun asosiy sahna, aynan shu yerda kubokni qabul qilib olish ular uchun faxr. Rasmiy shaxslar tribunadan maydonga tushib futbolchilarga medal taqishadi va ularni tabriklashadi, – deydi Cheferin.
Bunga qadar g'olib klublar kubokni tribunada qabul qilib olishardi.




