Enco Mareska: "Chelsi" APL chempionligi uchun kurashayotgani yo'q"

Mirjalol Normatov
13 dek 2024, 21:17
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska jamoasini APL chempionligi uchun da'vogar emas deb hisoblaydi.

"Bunday hissiyotlarni aytish yoqimli emas, lekin biz hali chempionlik uchun kurashishga tayyor emasmiz. Chunki biz buni his qilmayapmiz.

Balki keyinchalik chempionlik uchun da'vogarlardan biri bo'larmiz, lekin hozir emas. Bunga o'zimni ham futbolchilarimni ham ko'ndira olishim mumkin, lekin biz hozir bugungi kunimizni o'ylashimiz kerak.

Chunki kelajakdagi orzularni ko'proq o'ylash sababli bugungi kunda yomon vaqtlar boshlanishi mumkin", - dedi Mareska.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports